Yangiliklar
Bolalar ijodkorligini rivojlantirishda sahnalashtirish
Texnikumda «Bolalar ijodkorligini rivojlantirishda sahnalashtirish» mavzusida amaliy mashg’ulot tashkil etildi. Mashg’ulot davomida o’quvchilar to’g’ri talaffuz va ifodali o’qish ko’nikmalarini oshirishga qaratilgan sahna mashqlari bilan shug’ullandilar. Bunday mashg’ulotlar o’quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish hamda sahnaga bo’lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kasblar kuni bayrami
Texnikumda «Kasblar kuni» bayrami tantanali tarzda nishonlandi. Tadbirda o’quvchilar turli kasblar dunyosi bilan yaqindan tanishib, o’zlarini qiziqtirgan yo’nalishlar haqida ma’lumot oldilar. Mazkur bayram yoshlarda kasbga bo’lgan qiziqishni oshirish, kelajak kasbini ongli ravishda tanlashga yo’naltirish maqsadida tashkil etildi.
Badiiy ijodiy faoliyat o'quv amaliyoti
Texnikumda «Badiiy ijodiy faoliyat» o’quv amaliyoti doirasida 18-aprel kuni «Qurish, yasash va matematika markazi uchun ko’rgazmalar tayyorlash» mavzusida amaliy mashg’ulot o’tkazildi. Mashg’ulot davomida talabalar o’z ijodiy qobiliyatlarini namoyish etib, bolalar uchun mo’ljallangan ko’rgazmali qurollar va o’quv materiallarini mustaqil ravishda tayyorladilar. Bunday amaliy mashg’ulotlar bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy ko’nikmalarni shakllantirish va ijodiy yondashuvni rivojlantirishda muhim o’rin tutadi.
Ochiq eshiklar kuni
2026-yil 30-martdan 4-aprelga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogika texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi umumta’lim maktablarining 9–11-sinf bitiruvchilarini texnikum faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan shart-sharoitlar hamda kasbiy ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida tashrif buyurgan o‘quvchilar va ota-onalarga texnikumning o‘quv xonalari, axborot-resurs markazi hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar namoyish etildi. Shuningdek, pedagoglar va mas’ul xodimlar tomonidan ta’lim yo‘nalishlari, qabul jarayoni, kasbiy ta’limning afzalliklari hamda kelajakdagi mehnat faoliyati imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirda o‘quvchilar texnikumning moddiy-texnik bazasi bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarning kelajak kasbini ongli ravishda tanlashiga, pedagogika sohasiga qiziqishini oshirishga hamda texnikum va maktablar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Eng faol yashil qahramon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ-184-son hamda “Yashil qahramon” loyihasi bo‘yicha tasdiqlangan nazorat-rejaning 7-bandi ijrosi yuzasidan Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida “Eng faol yashil qahramon” tanlovini tashkil etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogika texnikumida 1-bosqich o‘quvchilari orasida rasm (tasviriy san’at) hamda insholar tanlovi tashkil etildi. Tanlov yakuniga ko‘ra eng sara ijod namunalari hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanib, texnikum ma’muriyati tomonidan taqdirlandilar.
Kinofilmlar namoyishi
Texnikumda mart oyida talaba-o‘quvchilar orasida xotin-qizlarning jamiyat hayotida tutgan o‘rnini yoritishga qaratilgan badiiy va hujjatli filmlar hamda muhabbat va sadoqat mavzusi tarannum etilgan “Muhabbat bahori” hamda “Sarvqomat dilbarim’ kinofilmi namoyish qilindi.
9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlab o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan ishlangan “Ilhaq” va “O‘zbek qizi”kinofilmlari namoyish etildi.
Kinofilmlar namoyishidan so‘ng kinofilmlar haqida munozara kechalari, davra suhbati o‘tkazildi.
Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish
Taxiatosh tumani voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor, leytenant J. Kayikniyazova o‘z so‘zida Prezidentimizning 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risaida” 1-sonli qarorining mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib berdi. Shuningdek, yoshlar orasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar hamda uning oqibatlari haqida ham gapirib berdi. Shuningdek, u o‘z so‘zida giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha chiqarilgan qarorlarning mazmun-mohiyatini ham batafsil tushuntirib berdi.
Tadbir davomida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, mavjud ijtimoiy muammolarni hal etish, huquqbuzarlik profiliktikasini kuchaytirish masalalari haqida ham so‘z yuritildi.
Shundan keyin Taxiatosh tumani profilaktika inspektori, katta leytenant S.Jumamuratov so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida Prezidentimizning yoshlarga berayotgan imkoniyatlari,ularga berayotgan yengilliklar haqida aytib o‘tdi. Shunday ekan yoshlarimiz har qanday huquqbuzarliklardan ovloq bo‘lishlarini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir so‘nggida o‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi..
Vatan himoyachilari kuni
Davra suhbatini texnikumning YBIBDO‘ Z.Matyakupova ochib berdi hamda yig‘ilganlarni 14-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi. Shundan keyin davra suhbatiga tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirdi
Taxiatosh tumanida joylashgan 99651- harbiy qismning harbiy xizmatchisi kapitan B.Bo‘riyev so‘zga chiqi, bugungi kunda Milliy armiyamiz haida, milliy armiyamizning shakllanish va rivojlanish tarixi haqida gapirib berdi
Harbiy qismning xizmatchisi G.Mavlenova yoshlarga harbiy sohaning afzalliklari, ular uchun hukumatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirar ekan, o‘quvchilarning harbiy o‘quv yurtlariga topshirish borasida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatdi.
Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.Davra suhbati qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.
Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir
Tadbirni texnikumning YBIBDO‘ Z.Matyakupova ochib berdi. U o‘z so‘zida buyuk muatfakkir, shoir, olim, Alisher Navoiy ijodi haqida qisqacha gapirib berdi.’Navoiyning ijodi necha yillardan beri o‘rganilib kelinsa ham, hali hanuz o‘rganilishi kerak jihatlari ko‘p”,- deya ta’kidladi.
Shundan keyin Taxiatosh tumani ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi raisi M.Jumamauratova so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida “Navoiyshunoslik kechalarining o‘quvchilar orasida ko‘plab o‘tkazilishi ularning Navoiy ijodini o‘rganishiga omil bo‘lib xizmat qilishini aytib o‘tdi.
Mazkur tadbir adabiyot va san’at uyg‘unligida tashkil etilib, unda Navoiy siymosi, uning beqiyos ijodiy merosi va insonparvarlik g‘oyalari jonli sahna ko‘rinishlari, she’riy mushoiralar hamda musiqiy chiqishlar orqali yorqin namoyon etildi. Talabalar tomonidan ijro etilgan har bir chiqish buyuk bobomizga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtirom ifodasiga aylandi.
Badiiy kecha davomida Alisher Navoiyning asarlaridan parcha va hikmatli so‘zlar yangrab, yoshlar qalbida milliy o‘zlik, ona tiliga muhabbat va ma’naviy mas’uliyat tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir
Tadbirni texnikumning YBIBDO’ Z.Matyakupova ochib berdi. U o’z so’zida buyuk mutafakkir, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida qisqacha to’xtalib o’tdi. «Bobur nafaqat buyuk shoir, balki o’z davrining yetuk davlat arbobi va mutafakkiri sifatida ham tarixda munosib o’rin egallagan. Uning merosi bugun ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan», — dedi u.
Mazkur tadbir adabiyot va san’at bilan boyitilgan tarzda o’tkazildi. Unda Boburning shoir, sarkarda va davlat arbobi sifatidagi ko’p qirrali siymosi, uning «Boburnoma» asari va she’riy merosi sahna ko’rinishlari, mushoira va musiqiy chiqishlar orqali tasvirlab berildi. Talabalarning ijrolari zalda hozir bo’lganlar qalbida buyuk ajdodimizga nisbatan faxr va ehtirom tuyg’ularini uyg’otdi.
Badiiy kecha davomida Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asaridan parchalar va uning hikmatli misralari yangrab, yoshlar qalbida buyuk ajdodimizga bo’lgan faxr, ona yurtga sadoqat va ma’naviy burch hissi yanada chuqurlashdi. Tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi va har bir o’quvchining Bobur ijodiga bo’lgan qiziqishini, shubhasiz, yanada orttirdi.
Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni
Dastur bo‘yicha ‘Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!’ mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.. Davra suhbatida Afg‘oniston urushi qatnashchilari bilan uchrashuv tashkil qilindi etildi. “Vatan ulug‘, burch muqaddas!” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati
Vatanimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan xizmatchilar xotirasini abadiylashtirish, jasoratlarini keng targ‘ib qilishga qaratildi.
Tadbir so‘nggida Vatanimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan askarlar sharafiga qo‘yilgan monumentga gullar qo‘yildi.
13-yanvar kuni Taxiatosh tumani 99651 harbiy qismida 14-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yoshlar qalbida milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini kuchaytirish va ularning harbiy kasbga qiziqishlarini oshirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiriga o‘quvchilarni ekskursiyaga olib borildi. Ekskursiyada o‘quvchilar Qurolli kuchlarning shakllanish va rivojlanish tarixi bilan tanishdilar, shuningdek, qurol-yarog‘ va harbiy texnikaning namoyish etilishi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
14-yanvar kuni texnikumga Taxiatosh tumani 99651 harbiy qismning harbiy xizmatchilari kapitan Bexzod Bo‘riyev va 3-darajali serjant Gulxan Mavlenovalar tashrif buyurdi hamda yoshlar bilan vatanparvarlik, ular qalbida milliy armiyamizga nisbatan hurmat va faxr tuyg’ularini shakllantirish, shuningdek, harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati qiziqarli o‘tdi, so‘nggida o‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi
Ilm- fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni
Tadbirni texnikum yoshlar bilan ishlashish bo‘yicha direktor o‘rinbasari Z.Matyakupova ochib berdi va olib bordi.u o‘z so‘zida 11- fevral ”Ilm- fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni ”etib belgilangani haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.Jamiyatda ayol va qizlarning ilm –fan rivojiga qo ‘shgan ulkan hissalarini aytib o‘tdi.Tarixiy buyuk ayollar Bibihonim,Zebinso begim ,Nodirabegim ,Zulfiya xonimlarni misollar keltirib o‘tdi
Taxiatosh tumani xotin qizlar bilan ishlashish bo‘yicha mutaxasis K.Ernazarova so‘zga chiqdi Jamiyatda ayollarning movqeyi haqida video lavha”namayish etib ko‘ plagan ayollar taqdiri haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Shundan so‘ng, texnikum xotin- qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi :S.Abdullayeva so‘zga chiqib ayol qizlarni ilmli qilish jamiyatda o‘z o‘rnini toppish uchun oila,maktab ,mahallaning o‘rni haqida so‘z yuritib, bugungi kunda ayol va qizlar uchun yaratilagan imkoniyatlar haqida ko‘plagan ma’lumotlar berib o‘tdi .
Keyingi navbat texnikum psixologi:G.Arapbayeva so‘zga chiqib ayollarga psixologik “Ichki ayol bilan suhbat meditatsiyasi”,”Kayfiyat raqsi “trening mashg’ulotlarini o‘tkazib ayollarga yuqori kayfiyat ulashdi.
Ayollarni e’zozlash
Dastur bo‘yicha texnikum o‘quvchilari orasida “Ona siymosi-mehr manbai” mavzusida insholar va rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Shuningdek, talaba-o‘quvchilar orasida xotin-qizlarning jamiyat hayotida tutgan o‘rnini yoritishga qaratilgan badiiy va hujjatli filmlar hamda muhabbat va sadoqat mavzusi tarannum etilgan “Muhabbat bahori” kinofilmi namoyish qilindi.
Texnikumda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Texnikum o‘quvchi qizlari orasida shaxmat, shashka, voleybol,, stol tennisi bo‘yicha sport musobaqalari tashkil qilindi.
Texnikumda tahsil olayotgan qizlar bilan uzoq yillar fidoyilik bilan mehnat qilgan ayollar ishtirokida “Matonat timsollari” mavzusida muloqot uchrashuvi-davra suhbati o‘tkazildi.
“Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida texnikum yoshlari ishtirokida “Ona-mehr bulogi”, “Onam qalbim quyoshi”, “Mehrli qo‘llar bag‘rida ulg‘ayyapman” mavzularida fleshmob va chellenjlar tashkil qilindi.
“Ayollarni e’zozlash” oyligi munosabati bilan o‘tkazilgan sport musobaqalari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogika texnikumida “Ayollarni e’zozlash” oyligi munosabati bilan sport musobaqalari tashkil etildi va Tadbir so‘nggida g‘oliblarga texnikum ma’muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Matonat timsollari
Davra suhbatini YBIBDO‘ Z.Matyakupova kirish so‘zi bilan ochdi va davra suhbati ishtirokchilari bilan tanishtirdi. U o‘z so‘zida bugungi kunda ayolning oiladagi va jamiyatdagi o‘rni, farzandlar tarbiyasida ayolning mavqei kabi masalarga to‘xtaldi. Keyin “Jayxun“ mahallasining nuroniy onaxoni, mehnat faxriysi Raushan opa Matyakupovaga so‘z navbatini berdi.
R.Matyakupova o‘z so‘zida yoshlarga o‘zining turmush tajribasida farzandlar tarbiyasi, shuningdek, oiladagi ayolning roli, qaynona va kelin munosabatlari haqida ibratli hayotiy hikoyalarini so‘zlab berdi.
Shundan keyin “Ibratli ayol” ko‘krak nishoni” sohibasi G.Matyakupova so‘zga chiqdi. U ham o‘z so‘zida yosh oila sohibalriga, yosh kelin-qizlarga turmush saboqlaridan hikoyalar aytib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Davra suhbatida Taxiatosh tumani ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bosh mutaxassisi T.Seyidova hamda “Nuroniy”jamg‘armasi mutaxassisi N.Atiyazovalar ham ona oila beshigi va ma’naviy ustuni, ona tarbiyasi-eng buyuk maktab, farzand uchun ruhiy taskin ekanligini, shuningdek, farzandlar tarbiyasida ularni kitobga oshno qilish haqidagi fikrlarni bildirishdi.
Davra suhbati so‘nggida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir
Tadbirni texnikumning YBIBDO’ Z.Matyakupova ochib berdi. U o’z so’zida xalq shoirasi Zulfiya Isroilovaning hayoti, ijodi va o’zbek adabiyotiga qo’shgan bebaho hissasi haqida so’zlab berdi. «Zulfiya xonimning she’riyati — ayollik ruhining, ona yuртга muhabbatning va insoniy ezgulikning timsoli. Uning satrlari bugun ham qalblarni larzaga keltiradi», — dedi u. Tadbir davomida shoiraning eng sevimli asarlaridan parchalar o’qildi, musiqiy va sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Talabalarning iliq va samimiy ijrolari zalda hozir bo’lganlarni chuqur ta’sirlantirdi.
Badiiy kecha davomida Zulfiya Isroilovaning nafis she’rlaridan parchalar yangradi. Uning so’zlari yoshlar qalbida ayollik go’zalligi, ona yurtga sadoqat va ma’naviy burch hissini uyg’otdi. Kecha ishtirokchilari shoiraning ijodi orqali o’z ildizlari va milliy qadriyatlariga yanada yaqinlashdi.
Bayram tadbiri qantashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi, har bir o‘quvchining Zulfiya Isroilova ijodiga bo‘lgan qiziqishini orttirgani, shubhasizdir.
Ma’naviy va marifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogika texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy va marifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida texnikumda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish uchun yo‘l xarita ishlab chiqilgan.
O‘qituvchilar va o‘quvchilar orasida yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan g‘oyaning mazmun – mohiyatini tushuntirish ishlari olib borilmoqda. O‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarga kelajak soatlari o‘tib kelinmoqda.
